» » Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi maqom markazida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi maqom markazida bo‘ldi


Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi maqom markazida bo‘ldi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivali o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi oldida mazkur anjuman uchun sahna va maydon, maqom markazi va muzeyini barpo etish loyihalari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev maqom festivalini sayil tarzida, madaniyat bayrami sifatida o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari maqom san’ati ustalari bilan uchrashdi. Ular bilan maqom san’ati istiqbollari, xalqaro maqom san’ati anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish borasida suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют