» » AQSh Turkiyani kurdlarga qurol yetkazishni to‘xtatganiga ishontirdi

AQSh Turkiyani kurdlarga qurol yetkazishni to‘xtatganiga ishontirdi


Vashington Suriyadagi kurdlarga qurol-yarog‘ yetkazishni to‘xtatdi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster Turkiya yetakchisi matbuot kotibi Ibrohim Qalin bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Turkiya prezidenti ma’muriyatiga ko‘ra, suhbat 27-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi. Makmaster AQSh Demokratik ittifoq kurd partiyasi (PYD) va kurd mudofaa otryadlariga (YPG) qurol yetkazib berishni to‘xtatganini tasdiqladi.

Qalin va Makmaster Suriya shimolida o‘tkazilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasining borishini muhokama qildi. Qalin Anqaraning Turkiya milliy xavfsizligi borasidagi tahdidlardan havotirini hisobga olish zarurligini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют