» » Tana harorati haqida 6 ta qiziqarli haqiqat

Tana harorati haqida 6 ta qiziqarli haqiqat


Ma’lum bo‘lishicha, tana harorati yosh o‘tishi bilan, chekayotganingizda va ... yolg‘on gapirayotganingizda o‘zgarar ekan.

Sigareta uchining harorati — 95°C ni tashkil etadi. Siz issiq tutundan nafas olasiz va o‘pkaning harorati oshadi. O‘pkalar qizib ketsa, u o‘z faoliyatlaridan birini bajarish — tanani sovitish qobiliyatini yo‘qotadi. Natijada tana harorati ko‘tariladi. Chekishni to‘xtatganingizdan keyin 20 daqiqa ichida harorat normallashadi.

Ispaniyadagi University of Granada olimlari yolg‘onchining burni va ko‘z atrofi sohalarining harorati ko‘tarilishini tasdiqladi.

Sovuq yurak — ayniqsa infarktdan keyin unchalik yomon narsa emas. Baltimordagi Johns Hopkins Bayview Medical Center shifokorlari a’zolarning jiddiy shikastlanishining oldini olish maqsadida tananing haroratini tushirish usulini ishlab chiqdi. Gipotermiya infarktdan keyin 4 soat davomida qo‘llaniladi.

Qizil qalampir nafaqat taomning mazasini yaxshilaydi, balki hazm qilish jarayonida tana haroratini ham oshiradi.

Tananing shaxsiy normal harorati qizlarda ertaroq — 13—14 yoshga kelib shakllanadi. Yigitlarda esa — taxminan 18—20 yoshlarda. 25 yoshdan keyin erkaklar va ayollar o‘rtasidagi harorat farqlari ayniqsa bilinib qoladi: erkaklar ayollarga qaraganda o‘rtacha olganda yarim darajaga “sovuqroq”!

Agar siz har doim, hatto yozning issiq kunlarida ham sovqotsangiz, buning sababi yoshingizga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qarigan sari tana harorati pasayib boradi.

Manba: Trendymen



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют