» » Napoleonning singlisi yashagan 8 million yevrolik villa (foto)

Napoleonning singlisi yashagan 8 million yevrolik villa (foto)


Lukkadagi ushbu qo‘rg‘onda Napoleon Bonapartning singlisi Polin Bonapart umrining so‘nggi yillarini o‘tkazgan, deb yozadi Insider Pro.

Napoleon Vaterloo jangida mag‘lub bo‘lgach, uning aka-uka va singillari qiyin vaziyatga tushib qolgan. Chunki ularning yettovloni ham Napoleon tomonidan Yevropa zodagonlari safiga kiritilgandi, shu tufayli ularning barchasi Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida persona non grataga aylandi.

Napoleonning singlisi Polin Italiya shahzodasi Kamillo Borgezega turmushga chiqib, dastlab Rimdagi Borgeze saroyiga ko‘chib o‘tdi, keyinroq baxtsiz holatga tushgan ayol o‘ziga boshqa boshpana qidira boshladi.

U Italiyaning Lukka shahrida joylashgan XVIII asrga tegishli villaga joylashdi va u yerda 1825-yilda vafot etguniga qadar yashadi.

Yarim asrdan ortiq vaqt davomida villa bir oila qo‘li ostida bo‘lgan, shundan so‘ng ko‘p bora qayta sotilgan, oxiri italiyalik kishi qo‘liga tushgach, uning amerikalik xotinlari tomonidan keng ko‘lamda yangilangan. Ammo ikkala xotini ham vafot etgach, u villani amerikalik yozuvchi Kler Maon Pardinining italiyalik qarindoshlariga sotgan.

Pardinilar villani yangilab, ta’mirdan chiqargan. Endilikda ushbu yer-mulk Sotheby’s International Realty auksionida 8 million yevroga sotuvga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют