» » Keyt Middlton sochini kesib, xasta bolalarga xayriya qildi

Keyt Middlton sochini kesib, xasta bolalarga xayriya qildi


Kembridj gersoginyasi Keyt Middlton sochining bir qismini saratonga chalingan bolalar uchun pariklar yasashga berdi, deb yozadi Daily Mail.

Bir necha oylar davomida Keytning sartaroshi uning sochi juda uzunligini aytib, biroz kaltalatishni taklif qilib kelgan. Gersoginya bunga rozi bo‘lgan, ammo sochini tashlab yubormasdan, xayriya jamg‘armasiga anonim tarzda jo‘natishga qaror qilgan.

Nashr da’vo qilishicha, Keyt Middlton sochining qariyb 20 santimetr qismini kesib tashlagan.

Xayriya jamg‘armasidagilar qirollik oilasi a’zolaridan birining sochi kelib tushgani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют