» » Tatyana Karimova Islom Karimov bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi

Tatyana Karimova Islom Karimov bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi


Islom Karimovnomidagi Respublika xayriya jamoatfondi Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat chogida Tatyana Karimova turmush ortogi bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi.

Islom Abduganiyevich bilan 1970-yili Samarqandda, muhandislik-texnologiya fakultetining oxirgi kursida oqigan kezlarim tanishganmiz. Birinchi uchrashuvimiz ularning akalari Ibod Ganiyevichning uyida bolgan. Ibod Ganiyevichning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening xolavachcham edi. Men talabalar yotoqxonasida istiqomat qilar, darsdan keyin ularnikiga tez-tez mehmonga borib turar edim. Ibod Ganiyevich oqkongil, aqlli va odamshavanda inson, boz ustiga, yaxshi suhbatdosh ham edilar.

Yangi yil eshik qoqib turgan kunlarning birida opamnikida otgan navbatdagi mehmondorchilikdan song endigina ketishga taraddud korib turganimda bir yigit kelib qoldi. Uni menga Ibod Ganiyevichning ukasi deb tanishtirishdi. Bu Islom Abduganiyevich edilar. Birinchi uchrashuvimizda deyarli gaplashmadik. Oshanda opam yoldan kelgan mehmon qolini yuvishi uchun kozadan suv quyib berishimni soradilar. Keyin oila davrasida yana bir necha bor uchrashdik.

Kechagidek yodimda, martning yettinchi kuni, ayni bayram arafasi edi. Koklamning xush iforga tola iliq havosi. Shigalab yogib otgan yomgirdan keyin atrof-borliq toza, musaffo va gozal bolib ketgan. Kolmaklarda osmon parchasi aks etar, kongillar yorishib, farahbaxsh hislarga limmo-lim tolgan edi. Men talabalar yotoqxonasida edim. Ittifoqo meni birov sorab kelganini xabar qilishdi. Kelgan inson kim ekanini tasavvur ham qila olmaganim rost. Chiqib kordimki, meni yoqlab kelgan odam Islom Abduganiyevich ekanlar.

Meni xiyobonda sayr qilishga taklif etdilar. Biz ilk bor yolgiz ozimiz korishib, gaplashib turgan edik. Tabiat, ob-havo, oqish haqida suhbatlashdik. Odatiy suhbat. Lekin sayr asnosida Islom Abduganiyevich toxtab, hech kutilmaganda Menga turmushga chiqasizmi? deb soradilar. Men uchun bu mutlaqo kutilmagan hol edi. Qanday izohlashni ham bilmayman: aql vaziyatni hali toliq anglab, baholab bolmasdan, qalb va yurak ha deya javob berib bolgan edi. Kongil shubha-yu gumondan xoli kezlarda shunday boladi. Men bu insonning ichki kuchi, samimiyati, jozibasi, qatiyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bolsam kerak... Men ha deya javob berdim. Bari ana shunday kechgan edi. Bor-yogi bir necha qisqa uchrashuv...

Islom Abduganiyevich aprelda ota-onamdan qolimni soragani Quvasoyga bordilar. Toyimiz may oyida dastlab Samarqandda, keyinroq Quvasoyda bolib otdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-01-2018, 11:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -