» » O‘zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?

O‘zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?


“Urganch aeroport” chegara bojxona postida uchuvchisiz uchish apparatini O‘zbekistonga olib kirishga uringan fuqaro qo‘lga olindi, deb yozadi O‘zA.

Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy web-saytida keltirilishicha, bojxona xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg—Urganch” yo‘nalishida Urganch shahriga kelgan fuqaro Z.Sabirov (ism-familiya o‘zgartirilgan)ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklar rentgen apparati orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bir dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan ma’muriy ishlar yuritilib, sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududiga 2015-yilning 1-yanvaridan uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish taqiqlangan. Faqatgina, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-maydagi qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 12:00)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют