» » O‘zbekistonda aholini raqamli teleuzatish bilan qamrab olinish darajasi 100 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholini raqamli teleuzatish bilan qamrab olinish darajasi 100 foizga yetdi


O‘zbekistonda aholini raqamli teleuzatish bilan qamrab olinish darajasi 100 foizga yetdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Infocom.uz”.

O‘zbekiston hukumatining bu boradagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida respublika hududida 90 komplekt kuchli va 404 komplekt kam quvvatga ega raqamli teleuzatish qurilmalari o‘rnatildi va ishga tushirildi. Natijada mamlakatdagi barcha aholi punktlari raqamli teleuzatish bilan qamrab olindi. 

Shu tariqa, mamlakatda raqamli televideniyega o‘tish yakunlanib, analogli teleuzatish to‘xtatilmoqda. 

Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, Toshkent shahrida analogli teleuzatish 2018-yil 15-iyuldan, O‘zbekistonning butun hududida esa 2018-yil 5 dekabrgacha to‘xtatiladi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют