» » O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin


Bugun, 29-yanvar kuni Tatariston turizm qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov ayni paytda mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda uchrashuvda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri Fozilbek Yusupov xabar bermoqda.

Do‘stona boshlangan uchrashuv davomida Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kelajakda istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Tatariston Respublikasi Rossiya o‘lkasida turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hudud hisoblanadi (Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin). Mamlakatga 2017-yilda 3,1 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu 20—30 milliard rubl daromad deganidir. Bu ko‘rsatkich Tatariston respublikasi budjetining 1,5-2,0 foizini tashkil etadi.

Uchrashuvda Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi ta’kidlandi. Hozirda bu borada bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Agarda Toshkent — Qozon o‘rtasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgudek bo‘lsa, 2600 kilometrlik masofani 1,5—2 kunda bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют