» » Buxoroda 1 quti marixuanani 400 ming so‘mga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoroda 1 quti marixuanani 400 ming so‘mga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi


Buxoro viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida Jondor tumani Samonchiq MFY Samonchiq qishlog‘ida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan Murodilla Tillayev qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, 1978-yilda tug‘ilgan Xurshid Yangiyev bilan jinoiy til biriktirgani anqilandi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

“Murodilla Tillayev va Xurshid Yangiyev xodimlar tomonidan nazorat tariqasida yuborilgan shaxsga har bir qutisini 400 000 so‘mdan jami bo‘lib 800 000 so‘m naqd pul evaziga 2 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga quritilib, alohida-alohida qilib qadoqlangan holdagi umumiy sof vazni 7,91 grammga teng bo‘lgan marixuana giyohvand vositasini qonunga xilof ravishda o‘tkazgan vaqtda xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi”, — deyiladi xabarda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ular ushbu giyohvandlik vositasini Jondor tumanida yashovchi tanishi Nodir Ashurovdan har bir qutisini 230 ming so‘mdan sotib olgan. Nodir Ashurovning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda u yerda yana 6 dona gugurt qutilarga quritib joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositalari saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют