» » Fitnes-trekerlar tufayli AQSh harbiy bazalari haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Fitnes-trekerlar tufayli AQSh harbiy bazalari haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi


Internetda fitnes-trekerlar foydalanuvchilarining harakatlanishi qayd etilgan xarita paydo bo‘ldi. Jurnalistlar unda amerikalik askarlarning harbiy bazalar, ehtimol maxfiy obyektlarda harakatlanish yo‘nalishlarini topdi. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Fitbit va Jawbone kabi fitnes-trekerlardan foydalanuvchi kishilar yo‘nalishini yorituvchi interfaol xarita Amerika harbiy bazalari joylashuvi va faoliyati haqidagi o‘ta nozik ma’lumotlarni fosh etadi.

Gap Strava kompaniyasi tomonidan yaratilgan GPS bilan ishlovchi The Global Heat Map xaritasi haqida bormoqda. Kompaniya xaritani yaratish uchun fitnes-trekerlar foydalanuvchilarining ikki yil: 2015-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan harakatlanishi va joylashuv joyi haqida sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan ma’lumotlardan foydalangan. Xaritada to‘rt turdagi harakat: velosipedda harakatlanish, yugurish, suv va jismoniy faollikning qishki turlari yoritiladi.

“Iroq va Suriya kabi mamlakatlar harbiy harakatlar zonasi va cho‘llarida xarita deyarli to‘liq qora. Bunday zonalarga yaqinlashish ular Amerika harbiy bazalari ekanligini ko‘rsatadi”, — deya ta’kidlaydi The Washington Post.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют