» » O‘zbekiston U23 termasini dabdaba bilan kutib olgan O‘FA, endi futzal termasini Osiyo Chempionatiga jo‘natdi

O‘zbekiston U23 termasini dabdaba bilan kutib olgan O‘FA, endi futzal termasini Osiyo Chempionatiga jo‘natdi


1—15-fevral kunlari futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Xitoy Taypeyi mezbonligida o‘tadigan qit’a chempionatida o‘zbekistonlik futzalchilar ham ishtirok etadi.

Bugun — 29-yanvar kuni Xitoyda qahramonga aylangan U23 terma jamoasi futbolchilari hamda Osiyo Chempionatiga yo‘l olayotgan futzal terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti va bir vaqtning o‘zida O‘FA birinchi vitse-prezidenti bo‘lgan Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

Olimpiyachilarni xalqimiz qo‘llab-quvvatlab turdi, ularning olamshumul g‘alabalaridan butun O‘zbekiston g‘ururlanyapti. Futbolchilarimizni kuzatish vaqtida ulardan faqat chempionlikni tilab qolgandik. Ishonch oqlandi, ular yuzimizni yorug‘ qilishdi. Bu muvaffaqiyat muhtaram Prezidentimizni ham xursand qildi. Natijada murabbiy va futbolchilar munosib kutib olindi, ularni olqishlash uchun ayozli oqshom bo‘lishiga qaramay, minglab yoshlar ko‘chaga chiqdi. Futbolchilar shu oqshomning o‘zida Prezidentimizning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Siz futzalchilardan ham xuddi shunday matonat, jasorat va shijoat kutib qolamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo qit’asining amaldagi vitse-chempioni hisoblanadi. Ikki yil avval ular Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo Chempiontining finalida to‘p surib, o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatiga yo‘l olgandi.

Yoshlarimiz Yaponiya termasini yirik hisobda mag‘lub etishdi, sizlar ham buning uddasidan chiqa olasizlar. Hech kimdan kam emasliklaringizni isbotlashingiz zarur. MOQ hamda O‘FA har qanday muammolaringizni yechishga tayyor, sizlardan esa faqatgina mazmunli o‘yin va kutilgan natijani qayd etish. O‘zbekiston xalqiga bayram kayfiyati ulashishda davom ettishingizni istaymiz. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev sizlardan ham yuksak zafarlar kutyapti, shuni birdek his qilaylik. Sizlarga oq yo‘l tilayman. Oy borib, zafarlar bilan qaytinglar!

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

O‘z navbatida O‘zbekiston U23 termasi a’zolari ham futzalchilarga omad tilagan va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovga qit’a chempionatining oldin medali hamda barcha futbolchilar imzosi tushirilgan to‘p taqdim etgan.

Osiyo Chempionatida O‘zbekiston futzalchilari Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikiston bilan bir guruhdan joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют