» » Toshkent viloyat IIB qidiruvdagi shaxslarga yengillik taklif etmoqda

Toshkent viloyat IIB qidiruvdagi shaxslarga yengillik taklif etmoqda


Toshkent viloyatida IIB, prokuratura hamda sud idoralari hamkorligida jinoyat sodir etgach, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlari ishtirokida muloqot hamda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston hududidan tashqarida yashiringan bo‘lsa, hech qanday to‘sqinliksiz vataniga qaytishi, adashib bu yo‘lga kirib qolgan fuqarolarga qonuniy yengilliklar berilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Angren shahrida yashovchi Botir Hamdamov talonchilik jinoyatini sodir etib, bir necha yillar mobaynida sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan. Angren shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan B.Hamdamovning oila a’zolari bilan olib borilgan muloqotlar o‘z natijasini berib, u bo‘limga o‘z ixtiyori bilan keldi.

Oliy majlis Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorida og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinishi ko‘rsatilganligi inobatga olinib, unga nisbatan qo‘llanilgan “sirtdan qamoqqa olish” ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi.

Botir Hamdamov oilasi davrasiga qaytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют