» » Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi


Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari doirasida Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-yil fevral oyida Prezident Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Abdulla Oripov haykalini yaratish loyihasi bilan tanishar ekan, loyihani takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi. Oradan qariyb bir yil o‘tib, 29-yanvar kuni davlat rahbari mazkur loyiha ijrosi bilan tanishdi.

Takomillashtirilgan loyiha asosida bu yerda O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etildi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-maydagi “Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida bunyod etilgan ilm dargohi oldida shoirning haykali qad rostladi. Haykal orqasidagi devorga shoirning she’rlaridan namunalar bitildi.

Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etildi. Muzeyga shoirning buyumlari, unga qilingan turli sovg‘alar joylashtirildi.

Maktab 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 50 o‘rinli yotoqxona, 50 o‘rinli oshxona, 200 o‘rinli faollar zaliga ega. Maktabga o‘quvchilar beshinchi sinfdan tanlov asosida qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev maktab faoliyati bilan tanishdi. Muzey, o‘quv xonalarida bo‘ldi, maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Maktab o‘quvchilari Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktablar o‘quvchilari bilan onlayn bog‘lanib, mushoira o‘tkazdi. O‘quvchilar Abdulla Oripov she’rlari va o‘zlari yozgan sherlardan namunalar o‘qib berdi.

Davlat rahbari ularga Abdulla Oripovdek buyuk shoir nomiga munosib farzandlar bo‘lib kamol topish, o‘z iste’dodlari bilan jahonga mashxur insonlar bo‘lib yetishish tilaklarini bildirdi.

Prezident bir guruh o‘quvchilarga sovg‘alar topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют