» » Qashqadaryo viloyatida limonchilik uyushmasi tashkil etiladi

Qashqadaryo viloyatida limonchilik uyushmasi tashkil etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Baxt” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, viloyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat yetishtirish hamda o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanishga oid loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini bitirib, Shahrisabz tumanida 4 sotix yerda 6 oyda 50 mingta 1 yoshli limon ko‘chati yetishtirgan Akbar Saidovning innovatsion ishlanmasiga alohida to‘xtaldi.

“Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakat uchun serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi uyushmaga “Agrobank” ta’sischilik qiladi.

Qashqadaryo viloyatida teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash, “G‘uzor tekstil impeks” MChJ tomonidan yengil sanoat majmuasi tashkil etish, lalmi yerlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish hamda Mirishkor tumanidagi sobiq Bahoriston tumani hokimligi va non kombinati binolarida kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi.

Prezident barcha loyihalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют