» » KXDR 8-fevraldagi harbiy paradga tayyorgarlikka 50 minggacha kishini jalb etdi

KXDR 8-fevraldagi harbiy paradga tayyorgarlikka 50 minggacha kishini jalb etdi


Pxenyanda 8-fevral kuni o‘tkazilishi belgilangan harbiy paradga tayyorgarlik jarayoni bilan mashg‘ul bo‘lgan KXDR fuqarolari soni 13 mingdan 50 ming nafargacha oshdi. Bu haqda KBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bu parad davomida turli kartinalar hosil qilinadigan plastinalar namoyishiga tayyorgarlik bilan bog‘liq ekanligi taxmin qilinmoqda”, — ta’kidlanadi xabarda. Telekanal manbalariga ko‘ra, paradga tayyorgarlik Pxenyan yaqinidagi Mirim aerodromida o‘tkazilmoqda.

23-yanvar kuni KXDR rahbariyati yangi rasmiy bayram — Koreya xalq armiyasiga asos solingan kunni ta’sis etishga qaror qildi. U har yili 8-fevral kuni nishonlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют