» » Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida STEM loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida STEM loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi


2018-yilning  27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “O‘zbekiston ayollari ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik va matematikada” (STEM) loyihasi doirasida Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti dotsenti, arxitektura fanlari doktori Mannonova Komila bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda universitet “Daryo”ga ma’lum qildi.

Universitetda oyda bir marta o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Uchrashuv davomida Komila Mannonova dizayn, kasbiy rivojlanish, karyerani oila bilan birga olib borish mumkin-mumkin emasligi, volontyorlik faoliyati imkoniyatlari va boshqa narsalar haqida so‘zlab berdi.

Dizayn va arxitektura sohasida 11 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Komila Ulug‘bekovna kasbiy va ilmiy faoliyatini oila bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirgan o‘zbekistonlik ayollarning yorqin vakili hisoblanadi. U o‘zining ko‘p qirrali karyerasi davomida keng volontyorlik faoliyati, mustaqil ekspert sifatida dizayn va arxitektura sohasidagi turli-tuman loyihalar, shuningdek, ta’lim berish bilan shug‘ullangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют