» » Mirobod tumanida 25 gramm marixuanani sotishga uringan erkak ushlandi

Mirobod tumanida 25 gramm marixuanani sotishga uringan erkak ushlandi


Mirobod tumanida 25 gramm marixuanani sotishga uringan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

“25-yanvar kuni soat 20:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida 1988-yilda tug‘ilgan Shadiyev Xusniddin Raxmatullayevich to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan sotish maqsadida saqlab kelayotgan 25,54 gramm marixuana aniqlab olindi”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют