» » Yo‘l harakati qoidalarini buzgan diplomatlar elchixona ruxsatisiz jarimaga tortiladi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan diplomatlar elchixona ruxsatisiz jarimaga tortiladi


Sudlar va boshqa vakolatli idoralar diplomatik vakolatxonalar bilan kelishmagan holda immunitetga ega shaxslarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy chora qo‘llash huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Avvallari bunday ruxsat Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati orqali olinar edi.

Endilikda immunitetdan foydalanuvchi shaxs transport vositasi yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilganda maqomidan qat’iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishli ekanini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.

Bunday transport vositalari sodir etgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi kameralar tomonidan qayd etiladi.

YHQ buzilishi holati aniqlangan taqdirda, diplomatik vakolatxona transport vositasidan foydalanishga javobgar shaxs yoki agarda u jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, transport vositasi egasi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют