» » O‘zbekiston bitkoin ishlab chiqarish eng ko‘p naf beradigan davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston bitkoin ishlab chiqarish eng ko‘p naf beradigan davlatlar qatoriga kirdi


Bitkoinlar ishlab chiqarish eng rentabelli davlatlar qatoriga Venesuela, Trinidad va Tobago hamda O‘zbekiston kiritildi. Buning uchun eng serxarajat mamlakat sifatida Janubiy Koreya topildi, deb xabar beradi EADaily.

Reytingdan 115 davlat o‘rin oldi. Hisob-kitoblar davomida ekspertlar bir bitkoinni ishlab chiqarish uchun zarur elektr energiyasiga o‘rtacha sarf inobatga olindi.

Venesuelada 1 VTS mayning qiymati atigi 530 dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rindagi Trinidad va Tobagoda bu ko‘rsatkich 1190 dollarga teng bo‘ldi. Uchlikni yakunlab bergan O‘zbekistonda bir bitkoin hosil qilish 1790 dollarga tushadi.

Umuman olganda, kriptovalyuta ishlab chiqarish Sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlarida boshqa mintaqalarga qaraganda daromadliroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют