“Kelishaylik endi”. Shavkat Mirziyoyev va Chiroqchi vakili o‘rtasidagi samimiy “savdolashuv” (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida 28-yanvar kuni Chiroqchi tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Prezident Mirziyoyev Qashqadaryodagi har bir tuman bo‘yicha muammo va kamchiliklarni xalq vakillaridan tingladi. Xususan, Chiroqchi tumani vakili o‘z chiqishi chog‘ida tumanda temiryo‘lga, shuningdek, Qumdaryoning suvidan sug‘orish davrida foydalanish uchun sum omboriga ehtiyoj borligini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Prezidentning tashabbusi bilan, davlat rahbari va tuman vakili o‘rtasida o‘ziga xos “savdolashuv” boshlandi. Bu samimiy muloqot yig‘ilish qatnashchilariga rostmana xush kayfiyat ulashdi. Yig‘ilishning ushbu vaziyatidan lavhalar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
