» » Namangan viloyat hokimligi shahar va tuman davlat xizmatlari markazlariga 12 ta Damas avtomobilini topshirdi

Namangan viloyat hokimligi shahar va tuman davlat xizmatlari markazlariga 12 ta Damas avtomobilini topshirdi


Namangan viloyat hokimligi shahar va tuman davlat xizmatlari markazlariga 12 ta Damas avtomobilini topshirdi. Shu munosabat bilan Namangandagi “Uch favvora” xiyobonida o‘tkazilgan marosimda Adliya vazirligi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Prezidentning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi va agentlikning viloyatlardagi shahar va tuman markazlari tashkil etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish, aholiga tez, qulay va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish mazkur tuzilmalarning asosiy vazifasi etib belgilandi.

— Bu Prezident tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ulug‘vor g‘oyani ruyobga chiqarishga xizmat qiladi, — deydi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.To‘raxo‘jayev. — Masalan, Namanganda eng olis qishloqdan viloyat markaziga kelish uchun 100 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tish kerak. Shuncha yo‘ldan kelgan fuqaroning ishi bir kunda bitsa — yaxshi, aks holda, uning qancha vaqti, mablag‘i behuda sarf bo‘ladi.

Agentlik va uning markazlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad davlat xizmati idoralarini xalqqa yaqinlashtirishdir. Mana, kecha biz viloyatning eng olis qishloqlaridan biri — Nanayda bo‘ldik va ro‘yxatga olish bo‘yicha to‘planib qolgan o‘nlab muammolar joyida hal etildi. Davlat xizmatlari markazi kadastr deysizmi, notarius va yoki boshqa davlat xizmati idoralarimi, barchasini eng olis qishloqlargacha yetkazib boradi. Hatto abituriyentlardan hujjat qabul qilish ham mobil xizmatlar ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют