» » Xabarovskda holdan toygan yo‘lbars odamlar oldiga keldi

Xabarovskda holdan toygan yo‘lbars odamlar oldiga keldi


Rossiya tabiat resurslari va ekologiya vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi tezkor guruhi qishloqlardan biridagi uyga kelgan holdan toygan yo‘lbarsni ushladi va reabilitatsiya markaziga jo‘natdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Mutaxassislar maxsus vosita qo‘llagan holda urg‘ochi Amur yo‘lbarsini ushlagan, hayvon hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Xabar berilishicha, yo‘lbarsda o‘qotar quroldan olingan jarohat yo‘q. Uning ahvoli og‘ir bo‘lgan va tez yordamga muhtoj bo‘lgan.

Yo‘lbarsning yuqori tishlari yo‘q va milklarida jiddiy jarohatlar bor. Shu sababli uning yoshini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Hozirgi paytda uning keyingi ahvoli va taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar yo‘lbarsning nima uchun o‘rmondan chiqib, odamlar oldiga kelganini aniqlashga urinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют