» » Galaxy S9 lineykasi Samsung tarixidagi eng qimmatiga aylanadi

Galaxy S9 lineykasi Samsung tarixidagi eng qimmatiga aylanadi


Samsung kompaniyasi Galaxy S9 va S9+ flagmanlarini 25-fevral kuni MWC 2018 konferensiyasida taqdim etishi kutilmoqda. Gizmochina nashri ishonchli manbasiga tayanib, Galaxy S9 lineykadagi avvalgi smartfonlar ichida eng yuqori bahoda sotilishini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Galaxy S9 va S9+ nima sababdan qimmat bo‘lishi mumkin?

Kuni kecha Galaxy S9 ga qurilmani blokdan chiqarish uchun yangi IntelligentScan (intellektual skanerlash) funksiyasi o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi. U yoritilganlik darajasi juda past yoki yuqori bo‘lgan sharoitlarda aniq ishlash uchun bir vaqtning o‘zida ham ko‘z to‘r pardasi skaneri va ham yuzni tanib olish tizimidan foydalanadi.

Shuningdek, yangi mish-mishlarga ko‘ra, Yevropada Galaxy S9 ikkita SIM-kartali versiyada chiqadi. Bundan tashqari, yangi flagman tashqi tomondan o‘z “ajdod”laridan ko‘p ham farq qilmasa-da, protsessor va kameralari jihatidan sezilarli yaxshilanishlarga uchraydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют