» » Zangiotadagi yangi hibsxona nega 8 qirrali shaklda qurildi?

Zangiotadagi yangi hibsxona nega 8 qirrali shaklda qurildi?


IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov  O‘zA muxbiri bilan Zangiotadagi yangi hibsxona haqidagi ma’lumotlarni bo‘lishdi.

— Prezident qarori asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan tergov hibsxonasi qurildi. Hozirgi kunda “Toshturma”da saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning barchasi yangi binoga ko‘chirildi.

Xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur Toshkent shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasi 1891-yilda chor Rossiyasi amaldorlari buyrug‘iga binoan toshdan barpo etilgan. O‘zaro yer osti va yer usti yo‘llari bilan bir-biriga bog‘langan to‘rt korpus mavjud bo‘lsa-da, binoning umumiy ahvoli bugungi kun talablariga, xalqaro standartlarga javob bermasdi.

Binoni loyihalashtirishda iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, jazoni ijro etishga oid barcha jihatlar hisobga olingan. Binoni qurish va jihozlashda zamonaviy texnologiya va materiallardan foydalanildi.

Oshxona, kutubxona, yuvinish xonasi va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari har tomonlama qulay. Maxsus kontingentga zarur bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatish va uni tashkillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Oziq-ovqat va dori-darmonlarni saqlash uchun zamonaviy muzlatkichlar o‘rnatilgan.

Xalqaro va zamon talablariga javob beruvchi, qurilishi va jihozlanishi jihatidan MDH davlatlari ichida yagona hisoblangan ushbu hibsxona sakkiz qirrali yulduz shaklida qurilgani kameralarga har tomonlama yorug‘lik tushishini ta’minlaydi.

Mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari, advokatlari bilan uchrashuv xonalari mavjud. Bu xonalar barcha talablarga javob beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida barcha jazoni ijro etish muassasalari, shu jumladan yangi tergov hibsxonasi videokuzatuv moslamalari bilan jihozlandi. Bu mahkumlarning huquqlarini himoyalashda muhim o‘rin tutuvchi vosita bo‘lib, ularga qo‘pol muomalada bo‘lish, zo‘ravonlik qilish kabi illatlarga barham beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют