» » Yaponiyada 5 yoshli bola kir yuvish mashinasiga kirib oldi va nafasi qaytib o‘ldi

Yaponiyada 5 yoshli bola kir yuvish mashinasiga kirib oldi va nafasi qaytib o‘ldi


Yaponiyada besh yoshli bola kir yuvish mashinasi ichida nafasi bo‘g‘ilib o‘lib qoldi, deb yozadi mahalliy The Asahi Shimbun nashri.

Hodisa 27-yanvar, shanba kuni Osaka prefekturasida joylashgan Sakai shahrida yuz berdi. Otasi mudrab qolgan, onasi uyda bo‘lmagan bola kir yuvish mashinasiga kirib oldi. Erkak uyg‘onib, o‘g‘lini kir yuvish mashinasi barabaniga qamalib qolgan va behush holda topib, qutqaruvchilarga qo‘ng‘iroq qildi. Bolani kasalxonaga yetkazishdi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

Politsiyachialr fikricha, bola qizuvchanlik qilib, kir mashinasiga kirgan, ortidan esa eshik yopilib qolgan. Uni ichkaridan ochish iloji bo‘lmagan. Mashina o‘chiq bo‘lgan, ichida suv bo‘lmagan, ammo unda joy juda kam bo‘lgani tufayli, bolaning nafasi qaytgan.

Kir yuvish mashinasida bolalardan himoya funksiyasi bo‘lgan, biroq u yoqilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют