» » Lola Karimova-Tillayeva Instagram’da Islom Karimovga atalgan “manzilsiz maktub” qoldirdi

Lola Karimova-Tillayeva Instagram’da Islom Karimovga atalgan “manzilsiz maktub” qoldirdi


Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasiga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning oilaviy arxivdan olingan suratini joylab, o‘zi qayd etganidek, “manzilsiz maktub” qoldirdi. Uni o‘z holicha keltirib o‘tamiz.

“Sizni yana tushimda ko‘rdim. Tushlarimga juda ko‘p kirasiz, va ba’zida siz hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek yelkangizdan quchib yuzingizdan o‘pib qo‘ygandek, taftingizni his qilgandek tuyg‘usi bilan uyg‘onib ketaman. Men juda-juda ham sizni sog‘indim....Bir yil oldin sizning kabinetingizda bo‘lganimda, men ish stolingiz ustidagi qo‘lyozmalaringizni olib, o‘z stol javonimga solib qo‘ygandim. Kuni kecha qizalog‘im Safiya (u olti yoshga kirdi va juda ham sizga o‘xshaydi), o‘sha javonni ochgan edi, ko‘z yoshlarimizni tiyib turolmadik....qizcham boshini ko‘targisi kelmas, chunki ko‘zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi....keyin esa ozgina vaqt o‘tib, u ko‘z yoshi aralash sukunatni yengishga harakat qilib, menga boqdi-da: “Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutayaptilar” dedi.

Ba’zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz — o‘z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguchi insonlarni kutayapsiz.

Men sizni yana tushimda ko‘rdim....bu tush emas misoli chin edi....hayotsiz deb o‘yladim..... men o‘ngimda sizning yuzingizga tega olmasam-da, ammo qalblarimiz ruhan bir-biri bilan so‘zlashayotgandek, sizni ko‘ra olmasam-da yonimda turib, meni tubdan kuzatayotgandeksiz nazarimda......men buni his qilayapman....men buni bilaman...”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют