» » Toshkent IIBB mast haydovchilar va yengiltabiat ayollar fotosuratlarini e’lon qilishi sababini tushuntirdi

Toshkent IIBB mast haydovchilar va yengiltabiat ayollar fotosuratlarini e’lon qilishi sababini tushuntirdi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mast holda mashina boshqargan haydovchilar fotosuratlarini e’lon qilib borar edi, yaqindan boshlab esa,  fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar suratlarini ham rasmiy saytida chop eta boshladi, deb yozadi “Nuz.uz”. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan va ko‘pchilik tomonidan inson huquqlarining buzilishi deb baholangan edi.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, muassasa ushbu holatda kimningdir huquqlari buzilgan deb hisoblamaydi, chunki bu ayollarning o‘zlari o‘z suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda va turli saytlarda e’lon qilib kelgan. IIBB esa “bu faktni ta’kidlayapti, xolos” dedi u bu ishlar “faqat profilaktika maqsadida” amalga oshirilayotganini qayd etib.

Shuningdek, mast avtomobilchilar suratlarini e’lon qilish natijasida statistika asta-sekinlik bilan yaxshilanishni boshlagan. Toshxo‘jayev aytishicha, bu odamlar internetda tezkorlik bilan tarqaluvchi “sharmandalik taxtasi”ga tushib qolib, qarindoshlari, qo‘shnilari, hamkasblari oldida uyalib qolishdan qo‘rqishi natijasida bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют