» » Surxondaryoda chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Surxondaryoda chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi Qosimova Ma’rifat Musayevna 2017-yilning 24-noyabr kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Sherobod tumanida yashovchi Xadichev To‘yli Qurbonovich bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 2017-yil 6-noyabr kuni tug‘ilgan qizini 5 000 000 (besh million) so‘mga sotayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqaloqning onasi biror bir joyda foydali mehnat bilan shug‘ullanmasligi, mahallasidagi yurish-turishi farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi shuningdek, muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman sudining 2017-yil 26-may kunidagi hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismi  bilan aybdor deb topilib eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlangan, mazkur ishi bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat qo‘llanilgan” bo‘lsa-da o‘ziga tegishli xulosani chiqarmagan, shuningdek jinoiy sherigi Xadichev To‘yli ham to‘rtinchi marotaba sudning qora kursisiga o‘tirganligi ilgari xavfli qilmishlari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqanligidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan qayta jinoyat yo‘liga kirganligi uchun, jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat Qiziriq tuman sudining 2018-yil 26-yanvar kuni Qosimova Ma’rifatga nisbatan 5 yil, Xadichev To‘yliga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Qosimova Ma’rifatning voyaga yetmagan farzandlari — 2008-yilda tug‘ilgan qizi va 2011-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-sonli “Mehribonlik uyi”ga, 2017-yilda tug‘ilgan sotilmoqchi bo‘lgan qizi Qashqadaryo viloyatidagi bolalar uyiga topshirilishi to‘g‘risidagi odil sudning qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют