Sanjar Rahmonov amerikalik raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega chiqdi
Faoliyatini okean ortida davom ettirayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Sanjar Rahmonov professional boksda ilk bor NABF chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, deb yozdi “Olamsport”.
Prof ringdagi 11-jangini amerikalik Xaylon Uilyamsga qarshi o‘tkazgan Rahmonov, raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning 11-jangidagi 10-g‘alabasi edi. Sanjar hozircha mag‘lubiyat nima ekanini bilmaydi. Uning 1 ta jangida g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Xalqimni, yaqinlarimni va men uchun duoda bo‘lgan barcha insonlarni yangi g‘alabam bilan tabriklayman. NABF chempionlik kamari professional faoliyatimdagi ilk sovrin bo‘ldi va u eng so‘nggisi bo‘lib qolmaydi.
Sanjar Rahmonov, boks ustasi
Sanjar Rahmonov professional boksda afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi nomidan ringga chiqadi.
Manba: Daryo.uz