» » Adliya vazirligi fuqarolardan ortiqcha pul undirgan 73 nafar FXDYo xodimiga chora ko‘rdi

Adliya vazirligi fuqarolardan ortiqcha pul undirgan 73 nafar FXDYo xodimiga chora ko‘rdi


O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisida sohada bundan buyon zamon talablari asosida faoliyat yuritishga e’tibor qaratildi, deb xabar beradi O‘zA.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari qatnashdi.

Hay’at majlisida mavjud xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilishda ayrim muammolar, jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotganligi qayd etildi.

“Davlat notarial idoralari va FHDYo organlari xodimlari tomonidan fuqarolar bilan ishlashda hanuzgacha qo‘pol muomalada bo‘lish, ularni sarson qilish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ortiqcha pul mablag‘lari undirilishi murosa qilib bo‘lmaydigan holatlardir. Bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun 229 nafar notariat va 73 nafar FHDYo xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilgan. 50 dan ortiq xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, majlisda notariat aholidan eng ko‘p e’tiroz tushayotgan soha ekani ta’kidlangan.

Notarial idoralarda o‘tkazilayotgan reydlar natijasida notariuslarning ishga surunkali ravishda kech kelishi ma’lum bo‘lgan. Bu fuqarolarning uzoq kutib qolishi, ishi vaqtida bitmasligiga va tabiiyki, noroziligiga sabab bo‘lgan, deya ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют