» » O‘zbekistonda 2023-yilgacha 10 mingta innovatsion pillaxona quriladi

O‘zbekistonda 2023-yilgacha 10 mingta innovatsion pillaxona quriladi


“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida O‘zbekistonda pilla yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Yo‘l xaritasiga ko‘ra kelgusida yil davomida ipak qurtini 3—4 marta parvarishlab, mo‘l hosil olish mumkin. Tutzorlarda parrandachilik va asalarichilik, chorvachilik va quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyati bo‘ladi. Buning uchun har 5 gektar tutzorda bittadan innovatsion pilla yetishtirish maskani barpo etiladi”, — deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasida innovatsion pillaxonalar qurish ishlari qizg‘in bormoqda.

2017-yilda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon va Farg‘onada 150 dan ortiq innovatsion pillaxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga ikki marta, hattoki Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida uch marta ipak qurti boqilib, mo‘l hosil yetishtirildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda yana mingta, 2023-yilgacha 10 mingta ana shunday innovatsion pillaxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar eksporti bir milliard dollarga yetkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют