» » Uydan besh daqiqalik yo‘lda: Toshkent viloyatining eng qiziqarli tarixiy va muqaddas joylari (foto)

Uydan besh daqiqalik yo‘lda: Toshkent viloyatining eng qiziqarli tarixiy va muqaddas joylari (foto)


Toshkent viloyatida “Ziyorat” ekskursion-sayyohlik dasturi doirasida jurnalistlar uchun media-tur o‘tdi. Tur O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, shuningdek, Toshkent viloyati hokimiyati huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti va “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Quyida Toshkentdan bir necha daqiqalik masofada joylashgan eng yorqin va qiziqarli sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishishingiz mumkin.

“Masjid Ali” majmuasi

Muqaddas joy Muhammad payg‘ambarning kuyovi Hazrat Ali nomi bilan bog‘liq. Afsonaga ko‘ra, Hazrat Ali bu yerga oti Duldulda tushib, o‘z shamshirini shu yerda qoldirgan. Shunda bu yerdan chinor unib, buloq otilib chiqqan. Bugun bu yerga yuzlab sayyohlar keladi, buloq suvi esa shifobaxsh hisoblanadi.

“Zangi ota” me’moriy majmuasi XIV-XIX asrlar

Toshkent vohasidagi eng yirik me’moriy majmua. Zangi ota maqbarasi, Anbar ona maqbarasi, masjid, minora, sobiq madrasa, darvozaxona, suv havzasi va boshqa inshootlarni o‘z ichiga oladi. Zangi ota maqbarasi Amir Temur farmoyishi bilan qurilgan, majmua qurilishi Mirzo Ulug‘bek tomonidan davom ettirilgan.

Zangi otaning haqiqiy ismi — Oyxo‘ja Ibn Toshxo‘ja. U teri rangi qorachadan kelganligi uchun “Zangi ota” laqabini olgan.

“Shoabdumalik ota” maqbarasi XII asr

Monik Abdulla Ahmad Qulmuhammad ibn Qodir Yassaviy ta’limoti davomchisi bo‘lgan. Shodmalikbobo bir nechta sharq tillarini mukammal bilgan. Falsafa, mantiqdan ta’lim bergan, minerologiyani yaxshi bilgan.

“Payg‘ambar ota” maqbarasi XII asr

Ko‘p asrlar davomida odamlar bu yerga buyuk mutasavvif, abadiy yashash timsoliga bosh egish uchun keladi. Payg‘ambar otaning haqiqiy ismi — Jirjis. Afsonada shunday deyiladi.

U payg‘ambarlar va Xudoning elchilari qatoriga qo‘shilgan.

“Zarkent ota” majmuasi

Haqiqiy ismi Said Jakpar G‘ozi bo‘lgan Zarkent ota Muhammad payg‘ambarning izdoshlaridan bo‘lgan. Katta jismoniy kuch sohibi bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, u o‘limini bir necha kun oldin sezgan va jang maydonidan uning jasadini qidirmaslik, shuningdek, dafn marosimlarini o‘tkazmaslikni so‘ragan. Tez orada qo‘shin kuchlar teng bo‘lmagan jangga kirishgan. Ko‘pchilik uning dushman o‘qi oqibatida ilma-teshik bo‘lib, oti bilan yerga qulaganligini ko‘rgan. Biroq jangdan so‘ng halok bo‘lgan jangchilar orasidan uning jasadi topilmagan. Uning yaqin do‘stlari u yer ostiga ketayotganligini ko‘rganini ta’kidlagan. O‘sha joyda esa maqbara qurishga qaror qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют