» » O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Kremlda chiqish qildi

O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Kremlda chiqish qildi


27-yanvar kuni Moskva davlat Kreml saroyidagi “ ‘Romansiada’ yulduzlari” gala-konsertida O‘zbekiston xalq artisti, jahon operasining eng yorqin tenorlaridan biri Ramiz Usmonov ishtirok etdi. Bu haqda Art Uz Promotion Agency “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ramizning sahnaga chiqishi, shuningdek, uning jozibador ijrosi gulduros qarsaklar bilan kutib olindi. Tomoshabinlar ancha vaqt mashhur tenorni sahnadan qo‘yib yuborishni istamadi.

“Romansiada” rus romansi xalqaro tanlovi bilan Ramiz Usmonovni uzoq muddatli va mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi. U 2008-yilda Qozog‘istondagi “Romansiada - 2008” hududiy tanlovida birinchi mukofot, Rossiyadagi “Romansiada - 2008” xalqaro tanlovining ikkinchi darajali mukofoti sohibiga aylangan.

Bayramona musiqiy kechada Ramiz  “Turandot” operasidan Kalaf ariyasini ijro etdi. Bundan tashqari, Kreml saroyi sahnasida Ramiz Usmonov va belaruslik mashhur tenor Vladimir Dmitruk ijrosida rus xalq qo‘shiqlari yangradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют