» » Nigeriyadagi YTH oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyadagi YTH oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi


Nigeriya poytaxti Abuja shahri yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida eng kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Hodisa 28-yanvar kuni yuz bergan. 16 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobus 30 kishini olib ketayotganida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urilgan.

Politsiya vakili Umar Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat transport vositasiga me’yordan ortiq odam olish oqibatida yuz bergan.

Xabarda qayd etilishicha, 17 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan. Yana uch kishi esa shifоxonada olamdan ko‘z yumgan. Yetti kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют