» » O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida doston kechasi tashkil etildi

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida doston kechasi tashkil etildi


O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va Oxus Culture tashkiloti O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi shinavandalari uchun 19-yanvar kuni navbatdagi doston kechalarini taqdim etdi. Bu haqda Oxus Culture tashkiloti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu doston kechalarida Xorazm dostonchilik maktabi namoyondasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon Matyoqubov hamda Sherobod dostonchilik maktabi vakili, O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ishtirok etdi.

Kechada baxshi Otaxon Matyoqubov tomonidan o‘zbek xalqiga mashhur bo‘lmish “Oshiq G‘arib va Shohsanam” hamda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosida “Ollonazar Olchinbek” xalq dostonlari ijro etildi.

Shuningdek, fevral oyida shoshmaqom festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Festival 6 ta maqom kechasini o‘z ichiga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют