» » Buxoro viloyatida valyutafurush ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatida valyutafurush ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyati Buxoro tumani O‘zbakon qishlog‘ida yashovchi Nasibali Yusufaliyev (ism-sharifi o‘zgartilgan) bankdan tashqari valyuta muomalasining aylanishi qonunga zid ekanligini yaxshi bilgani holda bu faoliyat bilan shug‘ullanishdan voz kechmadi. Buxoro shahrida valyutaga oid jinoyatlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilgan tezkor tadbirlarning birida Nasibali qo‘lga olindi, deb yozadi O‘zA.

U Buxoro viloyati markazida yashovchi G.R. ismli ayolga bir AQSh dollarini 8160 so‘mdan, jami 6700 dollarni sotayotganda qo‘lga tushdi.  Xolislar ishtirokida uning avtomashinasi ko‘zdan kechirildi. Avtoulov kabinasi naq mitti “ayriboshlash shoxobchasi” ekan. Unda 2190 AQSh dollari, 8500 Rossiya rubli va 8 525 000 so‘m pul borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Qonunga ko‘ra, noqonuniy muomalada bo‘lgan valyuta davlat foydasiga musodara qilinadi. Hozir mazkur holat yuzasidan Nasibali Yusufaliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют