» » Futzalchilarni Xitoy Taypeyiga jo‘natgan Umid Ahmadjonov, Qatar poytaxti Dohaga yo‘l oldi

Futzalchilarni Xitoy Taypeyiga jo‘natgan Umid Ahmadjonov, Qatar poytaxti Dohaga yo‘l oldi


O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Chempionlar Ligasining pley-offidan joy olgan “Al-Garafa” — “Paxtakor” o‘rtasidagi bellashuvni stadiondan turib kuzatish uchun Qatar poytaxti Dohaga yo‘l oldi.

2018-yil O‘zbekiston futboli uchun katta muvaffaqiyat bilan boshlandi. Endi bizning futbolchilar o‘zlari ishtirok etadigan barcha turnirlarda mana shunday yuqori saviyada o‘ynashlari kerak. Umid qilamizki, ular buning uddasidan chiqa olishadi.

Chempionlar Ligasining guruh bosqichi uchun 3 ta imkoniyatimiz bormi, ulardan maksimal tarzda foydalanishimizni istardim. “Lokomotiv” jiddiy tayyorgarlikka kirishgan, “Nasaf” Qarshida Iordaniya klubini taslim qila olishiga to‘la ishonaman. “Paxtakor”ning raqibi esa ancha jiddiyroq. “Al-Garafa” bejizga Snayder, Vayss, Taremiy kabi mashhur futbolchilarni olib kelmagan, ularning niyati jiddiy. Mana shunday pallada O‘zbekiston klubini maydonning o‘zidan qo‘llab-quvvatlab turishni istardim.

Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti

Mana shu niyat bilan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Dohadagi “Taniy bin Jassim” stadioniga yo‘l oldi. U ertaning o‘zida Toshkentga qaytib keladi. Boisi, 31-yanvar kuni Ahmadjonov O‘FA delegatsiyasi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bundan maqsad — viloyat futbolining ayni paytdagi holati bilan yaqindan tanishish.

Qayd etish kerak, bunga qadar Osiyo Chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi Toshkentda katta tantana bilan kutib olingan va munosib rag‘batlantirilgan bo‘lsa, ertasi kuni O‘zbekiston futzal terma jamoasi katta missiya bilan Xitoy Taypeyiga kuzatib qo‘yilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют