» » “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasini 5 ta gol urish bilan boshlab, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi

“Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasini 5 ta gol urish bilan boshlab, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi


Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada “Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadi.

“Nasaf” pley-off bosqichida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda qarshiliklar safidagi legioner futbolchilar ham, Osiyo Chempionati U23 qahramonlari ham o‘zini ko‘rsatdi. Shorahmedovning o‘rniga olib kelingan Lukich birinchi golga uzatma berdi, boshqa bir legioner Golban undan unumli foydalandi. Klub yetakchisi Cheran esa to‘rtinchi golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Osiyo Chempionatida ishtirok etgan futbolchilar garchi o‘yindan bir kun oldin Qarshiga yetib kelgan va kamida 1 oy davomida jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkaza olmagan bo‘lsa-da, maydonga chiqarildi. Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyevning bu qarori o‘zini oqladi. Avvaliga Bobur Abduxoliqov gol urgan bo‘lsa, keyinroq Aziz G‘aniyev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Nasaf” Chempionlar Ligasining “C” guruhida Amirliklarning “Al-Vasl”, Qatarning “As-Sadd” hamda Eronning “Persipolis” klublariga qarshi kurash olib boradi.

Chempionlar Ligasi

Pley-off bosqichi

30-yanvar, seshanba

Gollar: Igor Golban, 12 (1:0). Bobur Abduxoliqov, 49 (2:0). Aziz G‘aniyev, 52 (3:0). Dragan Cheran, 61-pen (4:0). Yosir Ar-Ravashdeh, 86-avt (5:0). Alban Meha, 93+

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov — Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Sharof Muhitdinov — Odil Hamrobekov (Sanjar Rashidov, 80), Aziz G‘aniyev (G‘olib G‘aybullayev, 76) — Islom Kenjaboyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 70) — Bobur Abduxoliqov.

Bugun — 30-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Paxtakor” ham guruh bosqichi yo‘lida maydonga chiqadi. Shota Arveladze jamoasi bu yo‘lda Qatarda bo‘lib turibdi. Raqib — “Al-Garafa”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют