» » Islom Karimov nomidagi majmuada Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Islom Karimov nomidagi majmuada Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


30-yanvar kuni O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezident xotirasini yod etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident devoni mas’ul xodimlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, poytaxt aholisi va mehmonlari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, xotirasini yod etdi.

U kishi uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohi yodgorlik majmuasiga aylantirildi, Toshkent xalqaro aeroporti, yirik muassasa va tashkilotlar, poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi markaziy ko‘chalarga Birinchi Prezident nomi berildi. Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi rahbarlari, Prezident Davlat maslahatchilari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют