» » Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘ynaydi

Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘ynaydi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi ham Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Mavsumga tayyorgarlikni Vitor Pereyra boshqaruvida ko‘rgan shanxayliklar pley-offda Tailandning “Chiangrai Yunayted” klubi bilan to‘qnash keldi va Yu Xaining 48-daqiqada urgan yagona goli evaziga zafar quchdi.

Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. Biroq murabbiy futbolchini birinchi bo‘limdan keyinoq almashtirishga qaror qildi. Bunda Odilning jarohati bormi yoki yo‘q — aniq ma’lumot berilmagan. Andre Villash-Boash “Shanxay SIPG” jamoasini tark etgan bo‘lsa-da, braziliyalik futbolchilardan Xalk, Oskar va Elkesen shu kuni Xitoy klubiga yordam berdi.

“Shanxay SIPG” Chempionlar Ligasining “H” guruhida Avstraliyaning “Adelaida Yunayted”, Yaponiyaning “Kashima Antlers” hamda Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” klublariga qarshi kurash olib boradi. 2017-yilgi mavsumda shanxayliklar yarim finalga qadar yetib borib, final ostonasida Yaponiya jamoasidan mag‘lub bo‘lgandi.

Chempionlar Ligasi

Pley-off bosqichi

30-yanvar, chorshanba

Gol: Yu Xai, 48 (1:0).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют