» » Dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni ilk bor 4 mlrd kishidan oshdi

Dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni ilk bor 4 mlrd kishidan oshdi


2018-yil boshida dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni tarixda ilk bor 4 milliard kishidan oshdi. Bu haqda Daily Afisha xabar bermoqda.

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha foydalanuvchilar soni 250 million kishiga ko‘paydi. Internet tarqalishi ko‘rsatkichi har yili kamida 20 foizga oshayotgan Afrika bu borada dunyoning eng tez rivojlanayotgan mintaqasiga aylandi.

Ekspertlar internet foydalanuvchilari soni oshishi omillaridan biri sifatida yangi va nisbatan arzon smartfonlar paydo bo‘lganini aytmoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2017-yili 200 milliondan ortiq kishi ilk bor shunday telefonlarga ega bo‘ldi. Natijada mazkur qurilmalardan bugungi kunga kelib Yer yuzi aholisining uchdan ikki qismi foydalanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют