» » Xantal moyi quyilgan samolyot AQShdan Avstraliyaga parvoz qildi

Xantal moyi quyilgan samolyot AQShdan Avstraliyaga parvoz qildi


AQShdan Avstraliyaga aviaparvozni amalga oshirgan Boeing Dreamliner 787-9 bir qismini xantal moyi tashkil etgan aralash yoqilg‘idan foydalandi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Bioyoqilg‘i bilan ta’minlangan Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi layneriga Los-Anjelesdan Melburnga yetib borishi uchun 15 soat talab etildi. Ekologik tajriba uchun standart aviakerosinga 10 foiz oddiy xantal moyi qo‘shildi.

Mazkur parvoz chog‘ida atmosferaga is gazi tashlanmasi 7 foizga kamaydi.

Aviakompaniya vakillariga ko‘ra, bioyoqilg‘idan aviaqatnovlar davomida muntazam foydalanilishi bunday tashlanmalar miqdorini 80 foizga kamaytiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют