» » Shifokorlar Sukerbergdan bolalar uchun Facebook’ni yopishni talab qildi

Shifokorlar Sukerbergdan bolalar uchun Facebook’ni yopishni talab qildi


AQShning “Reklamasiz bolalik uchun” tashkiloti Facebook’dan kompaniya 13 yoshdan kichik bolalar uchun chiqargan Messenger Kids dasturini yopishni talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tashkilot vakillari ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg nomiga ochiq maktub yo‘lladi. Hujjatga 110 nafardan ortiq shifokor, pedagog, psixolog va bolalar bilan ishlovchi boshqa mutaxassislar imzo chekdi.

Ularga ko‘ra, messenjerlardagi muloqot bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Kichik yoshdagi bolalar ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar yuritishga tayyor emas. Ular buning barcha murakkabligini tushunmaydi va bu ko‘pincha tushunmovchilik hamda mojarolarga olib keladi”, — deyiladi murojaatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют