» » Xayr, Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatarda mag‘lub bo‘ldi va xalqaro maydon bilan xayrlashdi

Xayr, Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatarda mag‘lub bo‘ldi va xalqaro maydon bilan xayrlashdi


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi bor e’tiborini O‘zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlariga qaratadi. Shota Arveladze boshchilik qilayotgan klub kecha Qatarning beshinchi jamoasidan mag‘lub bo‘lib, Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi.

“Al-Garafa”ning yangi xaridi Uesli Snayder 20-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, qatarliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, shu bo‘limning o‘zidayoq Aleksandr Lobanov ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordi. Darvozabon Turkiyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida ketma-ket 3 ta penalti zarbasini qaytarishga erishgandi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalardagina “paxtakorchilar” hisobni qisqartirdi. Biroq bu amalda hech narsani hal qilmadi.

“Paxtakor” va “Al-Garafa” o‘rtasidagi bu oltinchi to‘qnashuv bo‘lib tarixga kirdi. O‘yinlarning 4 tasi Qatarda o‘tib, shularning 3 tasida mezbonlar zafar quchgan: 4:3, 1:0 va 2:1. Yana bir bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. Toshkentda esa “Paxtakor” ishonchli g‘alabalarga erishgandi — 3:0, 2:0. Shu tariqa muvozanat qatarliklar tomon og‘ib ketdi. To‘plar nisbatidagina “Paxtakor”ning natijasi yaxshiroq — 11:10.

Chempionlar Ligasi

Pley-off bosqichi

30-yanvar, seshanba

Gollar: Uesli Sneyder, 20-pen (1:0). Diyego Amado, 28 (2:0). Jasur Hakimov, 93+ (2:1).

Chempionlar Ligasining 2018-yilgi mavsumida O‘zbekiston sharafini “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют