» » AQShda begona kishining uyi oldidagi jo‘natmani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol oyog‘idan jarohat oldi (video)

AQShda begona kishining uyi oldidagi jo‘natmani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol oyog‘idan jarohat oldi (video)


AQShning Bozell shahridagi uylardan birining oldiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari begona ayolning uy oldidagi jo‘natmani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgandagi omadsiz urinishini tasvirga oldi. Ayol uchta paketdagi narsalarni olib, mashina tomonga yurganda, sirg‘anib ketgan va chap oyog‘idan jarohat olgan, deb yozmoqda TJournal.

Ayolga yordam berish uchun uning sherigi — avtomobil haydovchisi kelgan. U ayolni ko‘tarib olib, mashinaga olib borgan. Erkak jo‘natmalarni esdan chiqarmagan va ularni ham mashinaga olgan.

O‘g‘rilik qurboni Lizet Ababnexning aytishicha, jo‘natmalar ichida uning eri uchun qimmat dorilar bo‘lgan. Politsiya o‘g‘rilarning shaxsini aniqlagan, biroq hozircha ular qo‘lga olinmagan.

Mavzuga doir: Amerikalik erkak o‘g‘rini portlovchi qopqon bilan qo‘rqitdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют