» » Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar onlayn nostrifikatsiya qilinadi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar onlayn nostrifikatsiya qilinadi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi.

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasini bitirganlik to‘g‘risida diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

Avvallari xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashda arizalar qo‘lda yozilib, hujjatlar bilan berilardi. Bu ovoragarchilik va uzoq vaqt talab etardi. Onlayn-servis xorijiy diplomni nostrifikatsiyalashdan o‘tkazishda Davlat inspeksiyasiga tashrif buyurish sonini qisqartirish imkonini beradi.

Buyurtmanoma ko‘rib chiqilgach, inspeksiya xodimlari talabgorni suhbatga yoki imtihonlarga taklif etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют