» » APL. “Suonsi” Uelsda “Liverpul”dan keyin “Arsenal”ni ham taslim qildi. London derbisida durang

APL. “Suonsi” Uelsda “Liverpul”dan keyin “Arsenal”ni ham taslim qildi. London derbisida durang


Kecha — 30-yanvar kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 25-tur bellashuvlari start oldi. Oyning so‘nggi kunidagi 7 ta o‘yin bilan mazkur tur o‘z yakuniga yetadi.

Uelsning “Suonsi” klubi ketma-ket ikki g‘alabasi bilan xavfli zonadan chiqib oldi. O‘tgan turda “Liverpul”ni taslim qilgan uelsliklar, bu safar “Arsenal” darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Suonsi” portugaliyalik Karlush Karvalyal tashrifiga qadar APLda so‘nggi o‘rinni egallab turgandi. Bosh murabbiy kelgach, uelsliklar 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ochkoni qo‘lga kiritdi. Hozircha faqatgina “Tottenhem” yangi murabbiyni taslim qila olgan xolos.

“Liverpul” mazkur turda yirik g‘alabani tantana qilib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uni quvib yetish uchun bugun “Chelsi” zafar quchishi talab etiladi.

Kecha, shuningdek, Londonning ikki klubi 1 ochkodan bo‘lib oldi. Quyida bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Angliya Premyer-Ligasi

25-tur bellashuvlari

30-yanvar, seshanba

Gollar: Nacho Monreal, 33 (0:1). Sem Klukas, 34 (1:1). Jordan Ayyu, 61 (2:1). Sem Klukas, 86 (3:1).

Gollar: Kristian Benteke, 24 (0:1). Mark Noubl, 43-pen (1:1).

Gollar: Emre Jan, 26 (0:1). Roberto Firmino, 46+ (0:2). Muhammad Saloh, 77-pen (0:3).

31-yanvar, chorshanba

“Everton” — “Lester” 00:45

“Chelsi” — “Bornmut” 00:45

“Sautgempton” — “Brayton” 00:45

“Nyukasl” — “Byornli” 00:45

“Tottenhem” — “Manchester Yunayted” 01:00

“Stok Siti” — “Uotford” 01:00

“Manchester Siti” — “Vest Bromvich” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют