» » CLG bilan lizing: Vaqt o‘zgargani bilan ishonch yo‘qolmaydi

CLG bilan lizing: Vaqt o‘zgargani bilan ishonch yo‘qolmaydi


Kompaniyaning ishonchliligi va barqarorligining aniq ko‘rsatkichi bu — vaqtdir. Aynan vaqt rivojlanish yo‘li va strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligini belgilab beradi. Vaqt o‘tishi bilan uzoq muddatli hamkorlikka olib keluvchi mijozlarning ishonchiga erishiladi. China Leasing Group kompaniyasi 8 yildan ortiqroq vaqt mobaynida (2009-yildan beri) O‘zbekiston bozorida lizing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda lizingning turli shakllarini tanlash imkoni mavjud bo‘lib, ko‘p sonli yetkazib beruvchilar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Faoliyat yuritish ko‘lami respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va bu mamlakatning barcha hududlarida tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kompaniya haqida

China Leasing Group 2009-yilning iyun oyida ro‘yxatdan o‘tgan. 2016yilning boshidan boshlab tashkilot barcha yetkazib beruvchilar bilan ishlamoqda va klassik shakldagi lizing kompaniyasi sifatida o‘z o‘rniga ega.

Vaqt — bu o‘zgarishlar darakchisidir. Zamonaviy yo‘nalishlar va yangiliklar bilan hamohang va vaqt bilan hamnafas tarzda China Leasing Group kompaniyasida rebrending o‘tkazildi. Kompaniyaning rasmiy nomi CLG deb atala boshladi. “Taraqqiyot uchun lizingni tanla” yoki Choose Leasing to Grow iborasi uning shiori sifatida tanlandi. Bu shior kompaniya faoliyatining bosh g‘oyasini ifodalaydi va shu bilan birga uning nomidagi qisqartmaning ma’nosini ham izohlab beradi.  Darhaqiqat, bugungi kunda CLG tashkilot va korxonalarga lizingning foydali shartlarini, 3 kun ichida loyihalarni tez muddatda ko‘rib chiqish, kerakli bo‘lgan minimal 5 ta hujjatga asoslanib, biznes reja talab etilmagan holda shartnoma tuzishni taklif qiladi. Shu paytgacha kompaniya 72 mlrd. so‘m bahosidagi 242 ta loyihani moliyalashtirgan. Iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan 153 ta tashkilot CLG’ning mijozlariga aylandi.

O‘zbekiston Lizing beruvchilari Assotsiatsiyasi reytingiga muvofiq, CLG mamlakatning 126 ta lizing kompaniyalari va banklari orasida kuchli o‘ntalikka kirdi. Faqat lizing kompaniyalari xususida so‘z borganda, bu kompaniya reytingning kuchli beshligidan mustahkam o‘rin olgan.  Shuningdek, CLG respublika bo‘ylab lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchilar xususiy sektorida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Lizingning asosiy obyektlari ishlab chiqarish vazifalarining keng ko‘lamini bajaradigan maxsus texnikaning har xil turlaridir.

Yuk tashuvchi transport. O‘zbekiston iqtisodining real sektorini yuk tashishni samarali tashkil qilmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yuklarni tashish uchun qudratli shatakchilar va yuk mashinalari zarur. CLG kompaniyasi ushbu turdagi maxsus texnikani qo‘lga kiritish uchun foydali shartlarni taqdim qilayotganligidan mamnun. Bu sezilarli ravishda mijozning budjetiga bo‘lgan yukni kamaytiradi va soliq to‘lovlarida tejashga imkon beradi.

Yo‘lovchi transporti. Avtobus va mikroavtobuslarni lizing asosida qo‘lga kiritish korxonalarni bir martalik moliyaviy mablag‘lardan ozod qiladi. Avtoparkni to‘ldirishga nisbatan bunday yondashuv kompaniya vositalarini yo‘lovchi tashish sifatiga zarar yetkazmasdan strategik jihatdan to‘g‘ri va oqilona boshqarish imkonini beradi.

Qurilish texnikasi. Shahar qurilishining jonlanganligi sharoitida texnoparkning zamonaviy qurilish texnikalari bilan jihozlanishi quruvchi shaxs faoliyatining samaradorligini oshiradi. Maxsus texnikani lizing asosida qo‘lga kiritish esa bu jarayonni maksimal tarzda tezlashtiradi va tashkilot budjetiga zarar yetkazmaydi.  Bu yerda muhim jihat shundaki, CLG kompaniyasi o‘z mijozlarini egallanadigan mulkka beriladigan garov bilan ta’minlash zaruriyatidan ozod qiladi.

Ishlab chiqarish uskunalari. Ishlab chiqarishning kengayishi va modernizatsiyasi, ishlab chiqarish quvvatining oshishi sanoat bozorida rivojlanishning ajralmas qismidir. CLG mutaxassislari kerakli uskunani birdaniga barcha to‘lovlarni amalga oshirib sotib olish qanchalik qiyin ekanligini tushunadilar. Shuning uchun ular lizingga ushbu texnikani qo‘lga kiritishning foydali shartlarini ishlab chiqishgan.

Back leasing. Korxonaning aktivlari hisobiga mablag‘ni jalb qilish uchun samarali vosita ham CLG xizmatlari ro‘yxatiga kiradi. Qaytarish lizingi biznesning o‘sishiga yordam beradi va tadbirkorlarga shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bozor sharoitida aql bilan harakat qilishlariga imkon beradi.

CLG o‘zi va hamkorlari vaqtini qadrlaydi, shuning uchun shartnomalar qisqa muddatlarda tuziladi. Masalan, yuk, yo‘lovchi transporti yoki qurilish texnikasini lizing asosida qo‘lga kiritish 3 kuncha vaqt oladi, xolos. Mijozlarga qulaylik uchun www.clg.uz veb-sahifasi faoliyat yuritmoqda. Bu sahifada lizingga mahsulot yetkazib berish shartlari va shartnomani rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar to‘plamlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. Sahifada avans va oylik to‘lovlarning taxminiy miqdorini mustaqil tarzda hisoblash uchun onlayn-hisoblagich mavjud, kompaniya yangiliklari muntazam joylab boriladi. Bundan tashqari, real vaqt tartibida ishlaydigan matnli chatda potensial mijozlarga javob beradigan CLG vakillaridan maslahat olish ham mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют