» » Dunyoning eng bo‘ydor erkagi va eng mitti ayoli Misrda uchrashdi

Dunyoning eng bo‘ydor erkagi va eng mitti ayoli Misrda uchrashdi


Misr turizm kengashi Ginness rekordlar kitobiga kirgan turkiyalik erkak va hindistonlik ayolni mamlakatga taklif qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Bo‘yi 251 santimetr bo‘lgan 35 yoshli fermer Sulton Kesen dunyodagi eng daroz erkak hisoblanadi.

24 yoshli Joti Amji esa eng mitti ayol deb tan olingan — uning bo‘yi atigi 62 santimetr. U realiti-shou va seriallarda ishtirok etib turadi.

Misrda Kesen va Amji sayyohlarni obidalarga jalb etish maqsadida uyushtirilgan fotosessiyada qatnashdi.

Birinchi galda ular, albatta, ehromlar fonida suratga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют